Fransiya terma jamoasi tarixiy antirekordini takrorladi

Sport

image

Kecha, 25 sentyabr kuni futbol bo‘yicha UEFA Millatlar ligasining (“A” ligasi) 1-guruhi 6-tur uchrashuvlari doirasida Daniya terma jamoasi o‘z maydonida Fransiyani qabul qildi.

Kasper Dolberg va Mikkel Damsgor tomonidan kiritilgan gollar Daniyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu natija sababli Fransiya terma jamoasi rasmiy o‘yinlarda bir yilda qayd etgan mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichini takrorladi.

2022 yilda Dide Desham shogirdlari uch marta mag‘lub bo‘lishdi. Fransuzlar Daniyaga ikki marta 1:2 va 0:2 hisoblarida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa,  Xorvatiyaga 0:1 hisobida yutqazishgan. Barcha o‘yinlar Millatlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan.

Fransiya terma jamoasi bunchalik yomon natijani 1966, 1981, 2008 va 2010 yillarda ham qayd etgan. Ammo Fransiyaning hozirgi tarkibi yulduzlar bilan to‘lib-toshgan. Shuning uchun Desham shogirdlarining natijasi ko‘pchilikni hayratda qoldirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiyaning navbatdagi rasmiy o‘yini Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati guruh bosqichning 1-turida Avstraliyaga qarshi bo‘ladi. Shuningdek, fransuzlar bilan guruhda Daniya va Tunis ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya UEFA Millatlar ligasi

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing