Fransiya sudi sobiq prezident Sarkoziga chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi

Olam

image

Fransiya kassatsiya sudi 2021 yil mart oyida sobiq prezident Nikolya Sarkozini korrupsiya va sudyaga pora berishga urinishda ayblab, chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Fransiyaning sobiq prezidenti elektron bilaguzuk taqib, bir yilni uy qamog‘ida o‘tkazishi kerak. Bu haqda BBC xabar berdi.

Avvaliga u uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq hukm shartli bo‘lgan. Sarkozi hukm ustidan Parij Apellyatsiya sudiga shikoyat qildi, biroq 2023 yilning may oyida yutqazdi.

Hukm o‘z kuchida qoldi, sud hukmiga ko‘ra, agar u o‘z harakatlarini kuzatish uchun elektron bilaguzuk taqishga rozi bo‘lsa, sobiq prezident jazo muddatining bir yilini uyda o‘tkazishi mumkin.

Kecha, 18 dekabr kuni mamlakat oliy sudida apellyatsiya shikoyatini boy bergan Nikolya Sarkozi Fransiyada barcha qonuniy imkoniyatlarni tugatdi va endi hukm kuchga kirishi kerak. Sudya unga elektron bilaguzuk kiyishni va uni bir yil davomida taqishni buyurdi.

Sarkozi qamoq jazosiga hukm qilingan birinchi Fransiya prezidenti bo‘ldi. Sobiq prezidentning advokati Patris Spinosining so‘zlariga ko‘ra, uning mijozi sud qaroriga amal qiladi, ammo Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qiladi. Sarkozi "chuqur adolatsizlik" qurboni bo‘lganini aytdi.

Ish bir necha hafta ichida Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga yuborilishi kutilmoqda, biroq bu Nikolya Sarkozini Stratsburgdan javob kutayotgan paytda hukmni ijro etishdan ozod etmaydi.

Korrupsiya ishi

2021 yilning 1 martida Parij sudi Nikolya Sarkozini 2014 yildagi telefon tinglash ishi bo‘yicha uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Keyin u va uning advokati Terri Gersog prokuror Gilbert Azibertdan boshqa ish bo‘yicha tergov haqida noqonuniy ma’lumot olishga urinishda aybdor deb topildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sarkozi Erzog Azibertga ma’lumot evaziga Monakodagi lavozimni va’da qilgan va ular bu va’dani bajarmagan bo‘lsalar-da, prokuratura taklif etilayotgan bitim faktining o‘zini korrupsiya ko‘rinishi sifatida tan olgan.

Hukm ustidan shikoyat qilish paytida Sarkozi ozodlikda edi.

Fransiyaning sobiq prezidentiga qarshi yana bir korrupsiya ishi ochildi, unda prokurorlar Liviya hukumati uning 2007 yilgi prezidentlik kampaniyasiga noqonuniy yordam berganini ta’kidlamoqda. Biroq ish haligacha sudga yetkazilmagan.

Nikolya Sarkozi 2007 yildan beri bir besh yillik muddatga prezidentlik qildi. U immigratsiyaga qarshi qat’iy siyosati va global moliyaviy inqirozdan qattiq jabr ko‘rgan Fransiya iqtisodiyotini isloh qilish harakatlari bilan yodda qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Nikolya Sarkozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing