Fransiya Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini xohlamayapti

Olam

image

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqmoqchi ekanidan afsusdaligini bildirdi. Fransiya tomoni Moskva ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqadi, deb umid qilmoqda. 

"Biz umid qilamizki, Rossiya Federatsiyasi o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi. Bunday qaror shartnomaga putur yetkazadi. Shartnoma o‘zaro ishonchni kuchaytirish va jamoaviy xavfsizligimizni mustahkamlashga qaratilgan harakatlarimizdir", deyilgan Fransiya TIV xabarida.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, yaqindagina shartnomaga a’zo barcha davlatlar, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi ham, Shartnomani to‘rtinchi ko‘rib chiqish konferensiyasida “ushbu hujjatga sodiq ekanliklarini va uning qoidalarini to‘liq tatbiq etishlarini” tasdiqlagan.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qilgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot o‘rnida, Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinki shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing