Fransiya Rossiyaga eksportni oshiradi

Olam

image

Agar ruslar fransuz sharobini afzal ko‘rsalar, bozor darhol Fransiyadan yetkazib berish hajmining oshishi bilan javob beradi, deydi Rossiya Federatsiyasining Fransiyadagi savdo vakili Mixail Makarov. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Rossiya bozori an’anaviy ravishda xorijiy ishlab chiqaruvchilar (sharob mahsulotlari) uchun juda jozibador: Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda 940 million yevroga teng sharob import qilingan, Fransiya esa eksportning atiga 18,2 foizini tashkil qilgan", dedi savdo vakili.

Uning ta’kidlashicha, kuchli raqobat Italiya (29,5 foiz), Ispaniya (14,7 foiz) va Yangi Dunyoning bir qator mamlakatlaridan (25 foiz) kuzatilmoqda.

"Qanday bo‘lmasin, talab taklifni keltirib chiqaradi: agar rossiyalik iste’molchi fransuz sharobini afzal ko‘rsa, bozor darhol Fransiyadan yetkazib berish hajmining oshishi bilan javob beradi", deya xulosa qildi Makarov.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya eksport

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing