Fransiya rasmiylari Olimpiada mehmonlarini ogohlantirdi
Sport
−
07 mart 2024 6095 1 daqiqa
Fransiya rasmiylari sayyohlar Parij Olimpiadasining ochilish marosimini tomosha qila olmasligini, chunki ular tadbirlar vaqtida xavfsizlikka tahdid bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ma’lum qildi.
Darmaninga ko‘ra, xavfsizlikka oid maxsus tahdidlar aniqlanmagan, biroq ekstremistik guruhlar va faollar hujumlaridan tortib, Rossiya kiberhujumlarigacha bo‘lgan ehtimoliy tahdidlar ko‘p. O‘tgan o‘n yil ichida Fransiya qayta-qayta ekstremistlar nishoniga aylangan.
O‘tgan yilning oktyabr oyida ekstremistlikda gumon qilingan shaxs maktabga kirib, o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirganidan so‘ng, mamlakatda terrorchilik hujumlari uchun eng yuqori darajadagi ogohlantirish holati kuzatilgan. Shuningdek, o‘tgan haftada bir kishi Parij meriyasi xodimidan Olimpiya o‘yinlari xavfsizligi rejalarini o‘g‘irlagan.
Ochilish marosimiga 600 minggacha tomoshabin, jumladan, ko‘plab sayyohlar kelishi kutilmoqda. Hozirda Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan shaharlarda istiqomat qiluvchi va ishlayotganlar orasidan kvotalar bo‘yicha tanlangan 222 ming kishi tantanali marosimni bepul tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025