Fransiya Ozarbayjonning yangi dushmaniga aylanadimi? Tomonlar nimani kelisholmayapti?

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Fransiya parlamenti quyi palatasi tomonidan 30 noyabr kuni qabul qilingan Bakuga qarshi sanksiya qo‘llashni talab qiluvchi rezolyutsiya munosabati bilan Fransiyaning mamlakatdagi vaqtinchalik ishlar vakiliga norozilik bildirdi. Bu haqda kecha, 1 dekabr kuni respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“1 dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjon Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Jyulen Le Lann Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda qabul qilingan Ozarbayjonga qarshi rezolyutsiyaning to‘liq yolg‘on va tuhmati munosabati bilan unga keskin norozilik bildirildi. Fransiya parlamenti quyi palatasi (Milliy assambleya) tomonidan 2022 yil 30 noyabrda qabul qilingan”, deyiladi xabarda. 

Fransuz diplomatiga bu rezolyutsiya Fransiyaning Ozarbayjonga qarshi navbatdagi provokatsiyasi va Ozarbayjon hamda Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayoniga zarba berishga, mintaqada tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaratilgani aytildi.

“Uchrashuvda Ozarbayjon tomoni rezolyutsiyani keskin rad etishi, Ozarbayjonning suvereniteti va xalqaro huquq bilan qo‘riqlanadigan hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan qadam va bayonotlardan, ichki ishlariga aralashishdan tiyilish yana qat’iy talab qilingani qayd etildi”, deyiladi TIV bayonotida.

O‘z navbatida,  fransuz diplomati Milliy assambleya tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya, xuddi bir muddat avval Senat tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya kabi, Fransiya hukumatining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Parij Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Avvalroq Fransiya Senati va Milliy assambleyasi hukumatni Armanistonga qarshi agressiv harakatlarini davom ettirsa, Ozarbayjon vakillariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiyalarni qabul qilgan edi. 

Bundan tashqari, parlamentariylar Vazirlar Mahkamasini, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va AQSHni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash uchun barcha diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi. Rezolyutsiyaning yana bir bandi arman harbiy xizmatchilari va tinch aholiga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan harbiy jinoyatlarni xalqaro tergov qilish zarurligiga taalluqlidir.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing