Fransiya Olimpiadada odam tashish uchun vertolyotdan foydalanmoqchi

Texnologiya

image

Bir yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga Fransiya mezbonlik qiladi. Mamlakat Parij bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish uchun ikki o‘rindiqli elektr vertolyoti – VoloCity'dan foydalanmoqchi. Bu haqda BBC ma’lum qildi. 

Agar hukumatning ushbu rejasi amalga oshsa, bu elektr vertikal uchish va qo‘nish (EVTOL) qurilmasidan foydalanish bo‘yicha Yevropadagi birinchi xizmat bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab o‘nlab kompaniyalar EVTOL samolyotlarini ishlab chiqmoqda. Ularning bildirishicha, uchar taksi shaharlar markaziga qo‘na oladigan tinch, arzon va zararli gazlardan holi ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, VoloCity'ni yetkazib berishni nemis kompaniyasi “Volocopter” zimmasiga olgan. 

"Hamma narsa tayyor va kelasi yilning o‘rtalariga yetkazib berish rejalashtirilgan",  dedi “Velocopter” moliyaviy direktori Kristian Bauyer.

“Velocopter” shuningdek, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish uchun aylanma sayohatlarni taklif qiladi. Buning uchun Parijda parvoz yo‘llari va qo‘nish joylari (vertiportlar) tashkil qilindi.

Eslatib o‘tamizGermaniyaning Lilium kompaniyasi kecha, 18 iyul kuni Ispaniya janubida vertikal parvoz qiluvchi uchar taksini sinovdan o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Olimpiada vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing