Fransiya Mbappening dubli evaziga Senegalni mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
17 iyun 3595 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “I” guruhi doirasidagi Fransiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda fransuzlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
AQSHning Ist Ruterford shahridagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning 66-daqiqasida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe qanot himoyachisi Maykl Olisening uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.
82-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan qanot himoyachisi Bredli Barkola Fransiyaning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 90+5-daqiqada Senegal hujumchisi Ibrohim Mbaye hisobdagi farqni qisqartirdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, 90+6-daqiqada Kilian Mbappe o‘zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa, Fransiya 3 ochko bilan “I” guruhi yetakchisiga aylandi.
Endilikda Fransiya terma jamoasi “I” guruhining 2-turida joriy yilning 23 iyun kuni Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida esa Norvegiya bilan kuch sinashadi.
Senegal terma jamoasi esa 23 iyun kuni Norvegiyaga qarshi o‘ynaydi, 3-turda esa Iroq bilan bahs olib boradi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi