Fransiya klubi o‘z muxlislariga qarshi sud jarayonini boshladi

Sport

image

Joriy yilning 10 noyabr kuni Fransiyaning “Lill” klubi Yevropa ligasi doirasidagi “Srvena Zvezda” (Belgrad) va “Strasburg” qarshi  o‘yinlarida tribunalarida sodir bo‘lgan irqchilik va nafratga asoslangan xatti-harakatlar sababli o‘z muxlislariga qarshi sud ishlarini olib borishini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Lill” Belgrad va Strasburgga safar chog‘ida ba’zi muxlislar tomonidan amalga oshirilgan nafratli mulohazalar va irqchi haqoratlarni qat’iyan qoralaydi. Bunday xatti-harakatlar qabul qilinishi mumkin emas va ular klub doimiy ravishda targ‘ib qiladigan qadriyatlarga mutlaqo zid”, deyiladi klub bayonotida.

Bayonot ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirlardan so‘ng yangradi. Unda ko‘rsatilishicha, joriy yilning 9 noyabr kuni “Strasburg”ga qarshi Liga 1 o‘yini davomida “Lill” muxlislari irqchilikka asoslangan so‘zlarni baqirgani aks etgan. Shuningdek, 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda  ham ushbu holat uchragani qayd etilgan.

 “Muxlislarga qarshi aniq chora-tadbirlar ko‘rildi. Hozirda politsiya organlariga bir nechta shikoyatlar bilan murojaat qilish maqsadida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash jarayoni davom etmoqda. Klub ularga qarshi qonuniy choralar ko‘rish va tegishli jazo choralarini tatbiq etishni rejalashtirmoqda”, deya qo‘shimcha qiladi klub.

Ma’lumot uchun, “Lill” ayni damda Liga 1 da 20 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sud muxlislar “Lill'” “Tsrvena Zvezda”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing