Fransiya-Isroil o‘yini muxlislar tashrifi bo‘yicha antirekord o‘rnatishi mumkin
Sport
−
14 noyabr
2864UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan Fransiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan “Stad de Frans” stadionida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Stadiondagi maydon muxlislarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nayzali panjaralar bilan o‘raldi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan 16 noyabrga o‘tar kechasi 00:45 da Fransiya - Isroil uchrashuvi start oladi. 80 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan “Stad de Frans” stadioniga kirish uchun bor-yo‘g‘i 20 ming chipta sotib olingan.
Katta ehtimol bilan, o‘yin Fransiya terma jamoasining “Stad de Frans”dagi o‘yinlari tarixida tomoshabinlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatadi.
Ma’lum bo‘lishicha, isroillik muxlislar o‘tgan haftada Amsterdamda Tel-Avivning “Makkabi” muxlislariga uyushtirilgan hujumlar ta’sirida “Stad de Frans”dagi bahsga bormoqchi emas. Boz ustiga Isroil rasmiylari o‘z fuqarolariga Fransiya bilan o‘yinga bormaslikni tavsiya qilgan.