Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Fransiya Daniya bilan orolni himoya qilish uchun Grenlandiyaga qo‘shin yuborish masalasini muhokama qildi. Bu haqda kecha, 28 yanvar kuni Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.

Bu mavzu AQSH Prezidenti Donald Trampning hududni anneksiya qilish haqidagi takroriy bayonotlari fonida ko‘tarilgan. Grenlandiya haqida gap ketganda, Tramp Daniyaga iqtisodiy qasos olish bilan tahdid qilgandi va agar bu davlat uning hududiy ambitsiyalariga qarshilik ko‘rsatsa, u “Daniyaga juda yuqori darajada tarif qo‘yishini” ta’kidlagandi. 

Oq uy rahbarining bayonotlari fonida Daniya 500 yildan beri amal qilib kelayotgan davlat gerbini o‘zgartirdi. Daniya qiroli Frederik X gerbdan uchta toj tasvirini olib tashlashni buyurgan. Ushbu tojlar Daniyaning Norvegiya va Shvetsiya bilan bir vaqtlar yagona uniyada bo‘lganini ifodalagan. Endilikda gerbda Grenlandiyani ifodalovchi oq ayiq hamda Farer orollarini ifodalovchi qo‘chqor alohida aks etgan. Daniya gerbi o‘zgartirilgani haqidagi xabarlar ortidan Tramp Grenlandiyaga o‘g‘lini jo‘natishini aytib, agar orol AQSHning bir qismiga aylansa, mahalliy aholiga “ulkan foyda” keltirishga va’da bergandi.

Barroning aniqlik kiritishicha, Yevropa Ittifoqi chegaralari muhokama qilinadigan mavzu emas hamda YeI bilan mojarodan hech kim manfaatdor emas.

Grenlandiya nima uchun muhim va u Trampga nimaga kerak? north_east

Grenlandiya nima uchun muhim va u Trampga nimaga kerak?

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya Daniya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan birdamlik so‘rasa, uni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki Yevropa Ittifoqi chegaralari suveren va daxlsizdir. U yaqinda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi chog‘ida uning hamkasblari ham Kopengagenni “juda kuchli qo‘llab-quvvatlashi”ni va agar kerak bo‘lsa, qo‘shin jo‘natish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Vakillar palatasidagi respublikachilar Prezident Donald Trampga Grenlandiyani qo‘lga kiritish uchun yuridik imkoniyatlar beradigan loyihasini tayyorlagandi. Tramp Mar-a-Lagoda nutq irod qilayotgan bir paytda uning o‘g‘li kichik Donald Tramp Grenlandiyaning poytaxti Nuuk shahriga yetib borgandi. U yerga faqat sayyoh sifatida borganini da’vo qilganiga qaramay, kichik Tramp “Grenlandiyani yana buyuk qiling” deb yozilgan bosh kiyimlarni tarqatgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Daniya Jan-Noel' Barro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing