Fransiya Google’ni 220 mln yevro jarimaga tortdi

Texnologiya

image

Amerikaning Alphabet Inc. kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Google Fransiyaning monopoliyaga qarshi kurash idorasiga 220 mln yevro jarima to‘laydi. Idora kompaniyani raqamli reklama bozoridagi ustun mavqesini suiiste’mol qilishda ayblamoqda.

Fransiyaning Monopoliyaga qarshi idorasi “Google o‘z mavqeidan foydalanib, reklama xizmatlarini raqobatchilarga zarar yetkazadigan tarzda targ‘ib qilgan”, degan xulosaga keldi. Idora bilan tuzilgan kelishuv doirasida kompaniya Google Ad Manager reklama xizmatining uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqalarini yaxshilash orqali amaliyotini o‘zgartirishga va’da bergan.

“Google’ga jarima solish qarori, ayniqsa, muhimdir. Chunki dunyoda birinchi marta tartibga solish organi onlayn reklamada ishlatiladigan murakkab kim oshdi savdosi algoritmlari muammosini hal qilmoqda”, deydi “Autorite de la Concurrence” kompaniyasi rahbari Izabel de Silva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google foydalanuvchilarini “ta’qib qilgani”ni tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Google

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing