Fransiya FF Infantinoga raqobatchi izlamoqda

Sport

image

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo kelasi yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Janni Infantino bilan raqobatlashish uchun Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda Diallo “Footmercato” ma’lum qildi.

“Ijroiya qo‘mitadagi hamkasblarim va men Janni Infantinoga bo‘lgan ishonchga putur yetkazilgan, deb hisoblaymiz. Futbolning hozirgi rivojlanish yo‘nalishi biz xohlagandek emas”,  deydi Diallo.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni FFF Ijroiya qo‘mitasi 2027 yil 18 mart kuni Rabot shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan bir ovozdan voz kechdi. 

“Biz UEFA ichidagi muhokamaga asosli va birlashtiruvchi loyihani taklif qilish orqali hissa qo‘shish uchun bir qator maslahatlashuvlarni boshlashga qaror qildik. Va vaqti kelganda, biz bo‘lajak saylovlarda manfaatlarimizni himoya qiladigan nomzodni aniqlaymiz”,  deya qo‘shimcha qildi FFF rahbari.

Ta’kidlanishicha, maslahatlashuvlar ishtirokchilaridan biri Kevin Lamur bo‘ladi. U avgust oyida Infantinoni tanqid qilgani uchun FIFA bosh operatsion direktori lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin 2027 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan  FIFA prezidentlik lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish niyati yo‘q ekanligini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing