Fransiya Bosh vaziri aholiga xushxabar bilan chiqdi

Olam

image

Fransiya hukumati koronavirus sabab mamlakatda joriy etilgan qator cheklovlarni olib tashlanishini ma’lum qildi. Ammo bu ishlar 11 maydan oldin bo‘lmaydi. Bu haqda “Agence France-Presse” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kecha, 19 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya  Bosh vaziri Eduard Filipp shunday dedi: “11 maydan boshlab biz ba’zi erkinliklarimizni qaytarishni boshlaymiz va ikkinchi bosqichga o‘tamiz”.

May oyida Fransiyada maktablar ishlashi va ilgari yopilgan ko‘plab do‘konlar ochilishi kutilmoqda. Ammo hamma joyda ijtimoiy masofaning qat’iy me’yorlariga rioya qilish kerak bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga 152 894 nafar odam chalindi. 36 578 bemor shifo topgan bo‘lsa, 19 718 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

718

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing