Fransiya hukumati musulmonlar uchun xususiy litseyni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Olam

image

Fransiyada musulmon bolalari ta’lim olayotgan mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri – Averroes  litseyi (Ibn Rushd) bilan tuzilgan davlat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, tegishli qaror Fransiyaning O-de-Frans viloyati gubernatori Jorj-Fransua Lekler tomonidan qabul qilingan. Lekler bu qarorini litseyda berilgan ta’lim Fransiya Milliy ta’lim vazirligi o‘quv dasturiga “to‘liq mos kelmasligi” bilan izohlagan.

Mintaqaviy hokimiyatlar o‘quv dasturida "madaniyat, jinslararo munosabatlar, gomoseksualizm" kabi mavzular bo‘yicha resurslar yetishmasligini qayd etgan.

Shuningdek, ular o‘quv dasturidagi islom diniga oid ma’lumotlar miqdori boshqa dinlarga oid mavzular sonidan ko‘p, deb hisoblagan.

O-de-Frans hokimiyatiga ko‘ra, litseyda ishlaydigan ba’zi o‘qituvchilar "respublika qadriyatlariga qarshi".

Qaror litseyning doimiy o‘qituvchilarini va yillik byudjetidan yarim million yevro miqdorida davlat yordamini yo‘qotishiga olib keladi. Noyabr oyida Maxsus ta’lim bo‘yicha maslahat komissiyasi 2008 yilda maktabga berilgan shartnomani bekor qilish uchun ovoz berdi.

Fransiya musulmonlari federatsiyasi bunga javoban Averroes litseyi o‘qituvchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdi. 

Ta’lim muassasasi Lill shahrida joylashgan. Litsey 2003 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va birinchi bo‘lib ro‘mol o‘rashi sababli boshqa ta’lim muassasalariga bora olmagan musulmonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Averroes bitiruvchilari universitetlarga kirishda muvaffaqiyat darajasi 90 foizdan oshadi.

Yillar davomida o‘quvchilar soni ortib borayotgan litseydan tashqari Averroes o‘rta maktabi ham 2012 yilda ish boshlagan. Bugungi kunda Averroes o‘rta maktabi va litseyida 800 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya ta'lim musulmonlar Jorj-Fransua Lekler Le Parisien

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing