Fransiya hukumati iste’foga chiqishi mumkin

Olam

image

Fransiyada kecha, 2 dekabr kun “Yangi xalq fronti”  va o‘ngchi “Milliy birlik” partiyasining deputatlari milliy assambleyada hukumatga ishonchsizlik bildirishni ovozga qo‘ydi. Bu haqda “Pravda” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunday harakatning sababi Fransiya Bosh vaziri Mishel Barne tomonidan 2025 yil uchun ijtimoiy ta’minot byudjeti haqidagi qonunni parlamentda muhokama qilmasdan va ovoz berishsiz tasdiqlash qarori bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyadagi tortishuvlar ijtimoiy (tibbiy) ta’minot byudjeti va davlat byudjeti qonunlari mamlakatning moliya siyosatining asosini tashkil etadi. 

“Ikkala byudjet qonuni ham hukumat tomonidan joriy etilayotgan 60 milliard yevro miqdoridagi tejash choralari tufayli kuchli bahslarga sabab bo‘ldi. Davlat moliyaviy holatini yaxshilash va byudjet kamomadini kamaytirish uchun 40 milliard yevro miqdorida davlat xarajatlarini qisqartirish va 20 milliard yevro miqdorida soliqlarni oshirish taklif qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij prokuraturasi Fransiyaning o‘ta o‘ngchi “Milliy birlik” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Marin Le Penni Yevroparlament mablag‘larini noto‘g‘ri yo‘naltirganlikda ayblab, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya hukumat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing