Fransiya harbiylari husiylarning 4 ta dronini urib tushirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Qizil dengizdagi Aspides (Qalqonlar) dengiz missiyasida ishtirok etayotgan fransuz qo‘shinlari Adan ko‘rfazida to‘rtta noma’lum uchuvchisiz samolyotni urib tushirdi. Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlari vazirligi xabar berdi.

Voqea bugun, 9 mart kuni ertalab sodir bo‘lgan. Fransiya fregati va Fransiya Aerokosmik kuchlari qiruvchi samolyotlari "past balandlikda uchayotgan" dronlarni topgach, ularni yo‘q qilgan.

"Ushbu mudofaa harakatlari 6 mart kuni hujumga uchragan va hozirda olib ketilgan Barbados bayrog‘i ostidagi True Confidence yuk kemasini, shuningdek, hududda tranzit o‘tayotgan boshqa savdo kemalarini himoya qilishga bevosita hissa qo‘shdi", deyiladi vazirlik bayonotida. 

Ma’lumot uchun, husiylar 6 mart kuni Adan ko‘rfazida Barbados bayrog‘i ostidagi True Confidence yuk kemasiga uyushtirilgan zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. U yerda yong‘in boshlanganda ekipaj shikastlangan kemani tark etgan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Husiylarning harbiy voizi Yahyo Sariyaning aytishicha, ekipaj ogohlantirishga e’tibor bermaganidan keyin husiylar True Confidence’ga bir nechta kemaga qarshi raketalar bilan hujum qilgan. Sariya kemani Amerikaniki deb atadi, biroq kema egasining vakili u Liberiyaning True Confidence Shipping SA kompaniyasiga tegishli ekanini va Gretsiyadan kelgan kompaniya tomonidan boshqarilishini aytdi. Yuk kemasi Xitoydan Saudiya Arabistoniga ketayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi AQSH harbiylari va uning ittifoqchilari Qizil dengizda husiylarning 15 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya husiylar Adan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing