Fransiya ham Rossiya bilan G8'ga qaytishni rad etdi
Olam
−
17 fevral 7550 1 daqiqa
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Rossiya ishtirokida G8 formatiga qaytish g‘oyasiga qo‘shilmaydi. Bu so‘zlarni siyosatchi kecha, 16 fevral kuni Fransiyaning LTI telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Bugun buni tasavvur qilib bo‘lmaydi”, dedi Barro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Katta yettilik” “eng yirik va rivojlangan demokratik davlatlar”ni birlashtirgan bo‘lsa, Rossiya o‘zini “kamroq demokratiya” sifatida ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, Barroning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukrainada “adolatli va mustahkam tinchlik”ka erishilsa, Moskva ishtirokida G8 formatiga qaytish imkoniyatini inkor etib bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 13 fevral kuni Rossiya ishtirokida G8 formatiga qaytish tarafdori ekanini aytgandi. U 1997 yildan 2014 yilgacha G8 a’zosi bo‘lgan. Qrim anneksiya qilinganidan keyin uyushma G7 formatida ishlashda davom etdi. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Trampning taklifiga qarshi chiqdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr