Rossiya G7'ga qayta qabul qilinishi kerak – Tramp
Olam
−
14 fevral 2025 8330 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G7 tarkibiga qaytishini istashini va Moskvaning chetlatilgani xato bo‘lganini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 fevral kuni Oq uyda AQSHning yangi javob tariflari haqida gapirganda so‘z ochdi.
“Men Rossiyani mamnuniyat bilan qaytaraman. Menimcha, ularni tashlab yuborish xato bo‘ldi. Quloq soling, gap Rossiyani yoqtirish yoki yoqtirmaslikda emas. Bu G8 edi. Agar G8 bo‘lganida, Ukraina bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi mumkin edi. Va agar men prezident bo‘lganimda, Ukraina bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi aniq. Rossiya hech qachon Ukrainaga hujum qilmaydi”, dedi Amerika rahbari.
Rossiya 2014 yilda Ukrainaning Qrim yarim oroli anneksiya qilinganidan keyin Moskva chiqarib yuborilgunga qadar o‘sha paytda G8 nomi bilan mashhur bo‘lgan G7 sanoat demokratiyasi klubi a’zosi edi. Tramp Rossiyaning ittifoqdan chiqarilishini AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Barak Obamaning xatosi deb atadi.
“Men aytdim: Nima qilyapsiz? Hamma gaplar Rossiya haqida, ular ham shu stolda bo‘lishlari kerak”. O‘ylaymanki, Putin qaytishdan xursand bo‘ladi”, dedi AQSH Prezidenti.
Bu yil G7'ga raislik qilayotgan Kanada Trampning izohlariga javob bermadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 14-16 fevral kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik konferensiyasi doirasida AQSH va Rossiya rasmiylari uchrashishini va Ukraina ham taklif etilganini bildirgandi, biroq Kiyev Germaniyada Rossiya bilan muzokara o‘tkazishni kutmaganligini ma’lum qildi.
Live
Barchasi