AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari Myunxenda uchrashadi – Tramp

Olam

image

14-16 fevral kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik konferensiyasiga AQSH va Rossiya rasmiylari, shuningdek, Ukraina ham taklif etilgan. Bu haqda kecha, 13 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp  ma’lum qildi.  

Tramp AQSH va Rossiya rasmiylari Myunxenda uchrashishini va Ukraina ham taklif etilganini bildirdi, biroq Kiyev Germaniyada Rossiya bilan muzokara o‘tkazishni kutmaganligini ma’lum qildi.

 "Ular ertaga Myunxenda uchrashuv o‘tkazishadi. Rossiya u yerda bizning xalqimiz bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, Ukraina ham taklif qilingan. U yerda kimlar borligini aniq bilmayman, lekin Rossiyadan, Ukrainadan va AQSHdan ham yuqori darajali odamlar bo‘ladi", dedi jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik boshlanmaganligi ma’lum qilindi.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing