Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote haykali va bog‘ini ochib berdi

Jamiyat

image

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote institutida bo‘ldi. Ushbu muassasa oldidagi maydonda bunyod etilgan Yohann Volfgang Gyote haykali va bog‘i ochilish marosimida qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonda Gyote siymosiga ehtirom O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishga, madaniy-ma’rifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

30.JPG

Oliy martabali mehmon Toshkentdagi Gyote instituti faoliyati bilan tanishdi.

Bugun O‘zbekistonda Germaniya akademik almashuvlar xizmati, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armalarining vakolatxonalari, Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha instituti kabi GFRning ko‘plab ilmiy-ma’rifiy tashkilotlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

24.JPG

Mamlakatdagi 1842 maktabda 377 mingdan ziyod o‘quvchi nemis tilini o‘rganmoqda. Shu jumladan, Toshkent, Samarqand va Marg‘ilon shaharlarida Germaniyaning til bo‘yicha diplomini berish huquqiga ega maxsus maktablarda 5 mingga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. O‘quvchilarga 4450 ga yaqin o‘qituvchi ta’lim beradi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik 700 dan ortiq talaba, ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayapti. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarining 15 nafari Germaniya madaniyat va ta’lim vazirlari Doimiy konferensiyasining nemis tili diplomiga sazovor bo‘ldi.

12.JPG

Toshkentdagi Gyote institutining asosiy maqsadi nemis tilini o‘rgatish, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Germanshunoslar, talabalar, umuman, barcha qiziquvchilar institut o‘quv zalida nemis tilidagi kitoblarni mutolaa qilishi, Germaniya davriy va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishishi mumkin. Kimda nemis tilini o‘rganishga ishtiyoq paydo bo‘lsa, bu yerdagi kurslarda tahsil olish imkoniyati bor. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi institutning til o‘qitish markazlarida 4 mingdan ziyod mamlakatimiz fuqarosi nemis tilini o‘rganmoqda.

Frank-Valter Shtaynmayer institutda til o‘rganayotgan yoshlar, madaniyat va san’at namoyondalari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing