Frank-Valter Shtaynmayer Xorazmga yetib bordi
Jamiyat
−
29 may 2019 5206 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Oliy martabali mehmonni Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov kutib oldi.

Federal Prezident Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, Xiva shahridagi madaniy-me’moriy obidalar bilan tanishadi.

Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart