Fransiyada “sariq nimchalilar” va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi

Olam

Bugun, 9 yanvar kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida "sariq nimchalilar" norozilik harakati qatnashchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida bir nechata to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu haqda "France Info" xabar berdi.

Parij va boshqa fransuz shaharlarida 13 haftadirki shanba kuni norozilik namoyishlari o‘tkazilyapti. Bu safar namoyish Sharl de Goll maydonidan boshlangan. Birinchi to‘qnashuvlar Milliy assambleya binosi yaqinida yuz bergan. Ta’kidlanishicha, politsiya namoyishchilar "snaryad"lariga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan. Keyinroq, namoyishchilar Senat binosi tomonga yo‘l olgan.

Картинки по запросу yellow vest protest brussels

Qayd etilishicha, namoyish o‘tgan haftadagiga nisbatan passivroq o‘tyapti. O‘tgan haftada butun Fransiya bo‘ylab 58 ming kishi norozilik harakatida ishtirok etgandi.

Картинки по запросу yellow vest protest brussels

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada ommaviy namoyishlar o‘tgan yilning 17 noyabr kuni yonilg‘i narxini oshirmaslik talabi bilan boshlangandi. Hukumatning ijtimoiy siyosatidan norozi aholi qatlami yonilg‘i narxining oshishi kechiktirilganiga qaramay ko‘chalarda norozilik namoyishlarini davom ettiryapti. Namoyishlar qisman tartibsizlik va to‘qnashuvlar bilan birgalikda bo‘lyapti. OAV ma’lumotiga ko‘ra, ikki oy ichida aksiyalar vaqtida 1,9 ming namoyishchi va 1,2 ming huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jabrlangan.

Похожее изображение

Похожее изображение


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya sariq-nimchalilar

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing