Foydasi yo‘qmikan, deb o‘ylab qolaman – Dragi Putin bilan muloqot haqida

Olam

image

Italiya Bosh vaziri Mario Dragi “Corriere della Sera” nashriga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatlarini “foydasiz” deb hisoblay boshlaganini aytdi.

Dragining so‘zlariga ko‘ra, 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi suhbat chog‘ida u Putindan mojaroni hal qilish uchun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qachon uchrashishini so‘ragan, Rossiya Prezidenti esa “vaqt hali kelmagan” deb javob bergan.

“Men turib oldim: “O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib boring”. Yana: “Vaqti hali kelmagan”, deya suhbatini eslagan Dragi.

Dragining so‘zlariga ko‘ra, suhbat yakunida ular bir necha kundan keyin qo‘ng‘iroqlashishga kelishib olishgan, biroq tez orada Buchada rus harbiylari tomonidan ko‘plab tinch aholi o‘ldirilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

“U bilan gaplashish befoyda deguvchilar haq ekan deb o‘ylay boshlayapman, faqat vaqtni behuda o‘tkazish. Men har doim [Fransiya Prezidenti Emmanuel] Makronni himoya qilganman va Yevropa Ittifoqi [Kengashi]ning amaldagi prezidenti sifatida u muloqot uchun har qanday imkoniyatni izlashda haqli ekanini aytishda davom etaman. Lekin menga bu qirg‘inlar bilan urush dahshatlari, bolalar va ayollarga qilgan ishlari mutlaqo so‘z va telefon qo‘ng‘iroqlariga bog‘liq emasdek tuyulyapti”, degan Dragi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

496

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing