Fotoreportaj: tarixda odamlar pandemiya bilan qanday kurashgan?

Olam

image

2019 yilda Xitoyning Uxan shahrida birinchi bor qayd etilgan COVID-19 virusi keyinchalik butun dunyoga tarqaldi. Insoniyat bu kasallikka qarshi kurashish, virusning tarqalishini oldini olish uchun tibbiyot sohasida mavjud bo‘lgan barcha bilimlarini ishga solmoqda. Ko‘plab usullarni qo‘llab kelmoqda. Xususan, niqob taqish, turli xil dori vositalari, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni yakkalash hamda vaksina ishlab chikish shular jumlasidandir. Buning qarangki, aslida bu usulllar favqulotda yangi emas, balki tarixan allaqachon odamlarga ma’lum bo‘lgan kurashish usullaridir.    

Qo‘yida insoniyat o‘tgan asrda pandemiyaga qarshi qanday kurashganini o‘zida aks ettirgan rasmlar to‘plamini e’tiboringizga namoyish etiladi. 100 yil oldingi suratlar bugungi kunlarni eslatib yuborsa, ajab emas. 


  
1911 yil tif kasalligi avj olgan vaqtlar. Nyu-Yorkda tibbiyot xodimi Ellis orolidan kelgan immigrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. 

1910 yil, Panama. Sariq terlama bilan og‘rigan bemor ko‘chib yuruvchi izolyatsiya xonasida. 

1900 yil. Poliomiyelit bilan og‘rigan bola toza havodan nafas olishga olib chiqildi. Uyning tashqi devoriga osilgan e’longa e’tibor bersangiz, “Keep off this street” ya’ni “bu ko‘chadan nari turing” degan yozuvga ko‘zingiz tushadi. 

Ahamiyatlisi shundaki, uyning tashqi qismiga yopishtirib qo‘yilgan shunga o‘xshash ogohlantiruvchi e’lonlarga oradan 100 yildan oshiq vaqt o‘tib, koronavirus pandemiyasi paytida yana guvoh bo‘ldik.  

1928 yil, Fransiyaning Lion shahri. Professor Borde bir necha daqiqa ichida shamollashni bartaraf qiladigan kashfiyotini namoyish qilmoqda. 

1919 yil. Ispan grippi bilan kasallangan bemor o‘ziga xos niqobda. 

1920 yil, London. Niqob taqib olgan avtobus xodimi grippga qarshi “sprey”ni avtobus ikkinchi qavatiga sepib chiqmoqda.

1918 yil, Nyu-York. Ispan grippi avjiga chiqqan pallalar. Politsiya xodimi va yo‘l tozolovchi niqobda.

1933 yil, Buyuk Britaniya. Haydovchi avtomobilni dezinfeksiya qilyapti. Suratdagi yozuv: “oyog‘ingni botir”.

1922 yil, London. Shifokor emlash o‘tkazyapti. 

Chapdagi suratda 1939 yil. Go‘dak ustidagi belgida “iltimos o‘pmang”, deb yozilgan. O‘ngdagi suratda 1930 yil, Buyuk Britaniya. Aravachaga “iltimos meni o‘pmang”, deb yozilgan. Bu bolalarni kasallikdan himoya qilishning o‘ziga xos usulidir.

1930 yil, London. Ikki yosh grippdan saqlanish uchun niqob taqib olgan. 

1937 yil. Ikki aktrissa grippdan himoyalanish uchun og‘iz bo‘shlig‘igi antiseptik vositasini sepmoqda. 

1930 yil, London. Sotuvchilar himoya niqobida mijozlarga xizmat ko‘rsatyapti. 

1933 yil, Buyuk Britaniya. Dengiz qo‘shinlarining askarlari og‘iz bo‘shlig‘ini dori vositalari bilan chayqamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus fotoreportaj pandemiya ispan grippi

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing