Koronavirusdan davolanganlar kuzatildi (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, bugun, 29 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 7 nafar bemor to‘liq tuzaldi. Ular endilikda vaqtincha saqlash uchun reabilitatsiya markaziga ko‘chirildi.

Kasallikdan forig‘ bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatdi.

COVID-19 koronavirusidan shifo topganlarni shifokorlar ham katta quvonch bilan kuzatib qo‘ydi. Quyida virusdan forg‘ bo‘lganlarning kuzatish jarayonida olingan suratni e’tiboringizga havola etamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

547

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing