Yoshlarni Suriyadagi urushga jalb qilishga undagan shaxs 22 yilga qamaldi
Olam
−
25 yanvar 2020
6678Parij sudi Fransiya fuqarosini 22 yil ozodlikdan mahrum etdi. Unga yoshlarni Suriyadagi urushga jalb qilish va terrorchilar tomonidan jang qilishga undash kabi ayblovlar qo‘yilgan. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Murod Farez ismli shaxs 2014 yilning avgust oyida Turkiyada qo‘lga olingan. Oradan bir oy o‘tib uni Fransiya ekstraditsiya qilishgan. U Strasburg va Tuluza shaharlarida yoshlarni ana shunday ishlarga chaqirgan.
Bundan tashqari, u 2013 yilda Suriya hududida bo‘lgan. O‘sha yerdaligida ISHID terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatgan.
Farezning aytishicha, u shunchaki ayrim odamlarga chegaradan o‘tishda “yordam bergan xolos”. Uning so‘zlariga ko‘ra, u terrorchilik tashkilotida “logistika” bilan shug‘ullangan.
Unga nisbatan 22 yil qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi