Energetik ichimlikka sertifikat rasmiylashtirish rad etildi

Jamiyat

image

Iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 iyuldagi 490-son qarori bilan “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlangan bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamg‘alanishi  belgilab qo‘yilgan.

"O‘zstandart" agentligi xabariga ko‘ra, respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan sertifikatlashtirish jarayonida importyor “New Optimal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yurtimizga olib kelingan “RED BULL” savdo markasidagi energetik ichimligi (ishlab chiqaruvchi “RAUCH FRUCHTSAFTE GMBH & CO. OG”, Avstriya) yuqorida keltirilgan umumiy texnik reglamentning yorliqlanish qismi talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan ichimlik yorliqdagi ma’lumotlar davlat tilida mavjud bo‘lmaganligi sababli  mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Energetik

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing