Fotofakt: Toshkent aeroportida “terrorchilar” qo‘lga olindi
Jamiyat
−
30 mart 2019 24302 1 daqiqa
Toshkent sharqiy aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan samolyotda garovga olinganlarni ozod qilish, qurollangan terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha aksilterror operatsiyasi, shuningdek, garovdagi fuqarolarni ozod qilishga qaratilgan amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar fuqarolarni ozod qilish maqsadida terrorchilar o‘rnashib olgan samolyotga turli jangovor usullarda qo‘qqisdan zarba berish va ularni yakson qilish harakatlarini amalga oshirgan.

O‘quv mashg‘uloti davomida bo‘linmalarning hududga joylashishi, kuzatuv punktini jihozlash, razvedka ishlarini o‘tkazish, terrorchilar bilan muzokara olib borish, yangi usul va uslublardan foydalangan holda jangovar juftlik tartibida taktik manyovrlarni amalga oshirish, hamkorlikdagi kuchlar bilan birgalikda qo‘yilgan vazifani bajarish bo‘yicha mashqlar ko‘rsatilgan.

Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr