Farg‘onada tez yordam va milliy gvardiya mashinalari o‘zaro to‘qnashdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida tez yordam va milliy gvardiya mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea viloyatning Quvasoy shahri Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh haydovchisi boshqaruvidagi avtotransport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan tez tibbiy yordam bo‘limining Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan.

Hozirda holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona milliy gvardiya tez yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing