Foto: Tanzila Norboyeva Qo‘yliqdagi mardikor bozoriga bordi

Jamiyat

image

Kecha, 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva "Qo‘yliq" bozori hududidagi "Mardikor bozori"dagi fuqarolar—ishchilar bilan suhbatlashdi, murojaatlarini tingladi. Shu yerning o‘zida ular nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan.

Senat Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tanzila Norboyeva Yashnobod tumanidagi “Behizor” va “Cho‘lpon” MFYda bo‘lib, aholi bilan uchrashgan, ularning muammolarini o‘rgangan.

Xususan,  “Behizor” MFYda to‘rt mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Asosiy e’tibor — yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan. Shu maqsadda joriy yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tomondan mahallaga 10 ta tikuv mashinasi berilgan  va 15 dan ko‘proq ish o‘rinlari yaratilgan.

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 26 nafar fuqaro — “Ayollar daftari”ga va 14 nafari esa —“Yoshlar daftari”da kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing