Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 500 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 4 aprel holatiga Qozog‘istonda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 500 nafarga yetdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq yana 36 ta yangi holat aniqlangan. Jumladan Olma-otada – 16, Atiaru viloyatida – 2, Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida – 7, Jambil viloyatida – 1, Chimkentda – 1 Turkiston viloyatida – 4, Mang‘istov viloyatida – 1 va Qorag‘anda viloyatida – 4 nafar odamda virus aniqlangan.

Turkiston viloyatida koronavirusdan bir kishi vafot etgan. Shu tariqa Qozog‘istonda virusdan o‘lganlar to‘rt nafarga yetdi. Hozirgacha Aqmola, Ostona va Qorag‘anda viloyatidan bo‘lgan fuqarolar vafot etgandi.

Qozog‘istonda koronavirus eng ko‘p qayd etilgan hududlar poytaxt Nur-Sulton (202 nafar bemor) va Olma-ota (109 nafar bemor) bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing