O‘zbek gazining Xitoyga eksporti to‘g‘risidagi xabar rad qilindi
Jamiyat
−
07 mart 2020
6036Avvalroq, O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini kamaytirish bo‘yicha muzokara boshlaganini xabar qilgandik. Bunga jurnalist Joanna Lillis bergan ma’lumoti asos bo‘lgandi.
Bu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Joanna Lillisning o‘zi axborotga tuzatish kiritdi.
“O‘zbekistonning Xitoyga gaz yetkazib berishi to‘g‘risidagi tvitimga tuzatish: Energetika vaziri o‘rinbosari Toshkent gaz yetkazib berishni qisqartiryapti demadi. Ammo Xitoy iste’molni qisqartirishni ko‘rib chiqyapti va ko‘plab davlatlar bilan muzokara olib boryapti. Qo‘mita qaror qiladi. Noto‘g‘ri axborot uchun kechirim so‘rayman”, degan Lillis.
Correcting my tweet on gas supplies from #Uzbekistan to #China: deputy energy minister said NOT that Tashkent is cutting supplies but that China is considering cutting consumption, is in talks with multiple countries and a committee will decide. Apologies for misinterpretation.
— Joanna Lillis (@joannalillis) March 7, 2020
Ma’lumot uchun, Xitoyning PetroChina kompaniyasi koronavirus tarqalishi ortidan gaz importini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqyapti. Xususan, kompaniya tabiiy gaz va suyultirilgan gaz iste’molini kamaytirmoqchi.
LiveBarchasi