Fotih Jalolov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi

Madaniyat-san’at

−

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi tayinlangan rahbar Fotih Jalolov tanishtirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori lavozimiga tayinlangan.

Fotih Jalolov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Fotih Jalolov 1963 yilda tug‘ilgan. 1984 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. U o‘z faoliyatini 1986 yili mazkur institutning “Qo‘g‘irchoq aktyori mahorati” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekkino” tizimi hamda “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati direktori vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Aktyor “Oq bino oqshomlari”, “Bomba”, “Marg‘iyona”, “Qabrdan qaytgan umr”, “Ayollar saltanati”, “Sardor”, “Dilxiroj”, “Osmondagi bolalar 2”, “Baxt uchun million” va boshqa filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, “Katta oyi”, “Xotira rashki” va “Muqimiy” filmlariga rejissyorlik qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing