Muqimiy teatriga yangi rahbar tayinlandi
Madaniyat-san’at
−
09 iyun 2021 25788 1 daqiqa
Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Yangi rahbar Madaniyat vazirligi vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda jamoaga tanishtirildi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov joriy yilning 15 aprel kuni 58 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025