Fotih Jalolov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat satira teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Xamitovich Jalolov O‘zbekiston davlat satira teatri direktori etib  tayinlandi. 

O‘z mehnat faoliyatini 1986 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti “Qo‘g‘irchoq aktyori mahorati” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan Fotih Jalolov bugunga qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 

Avvalroq, taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Fotih Jalolov

Baholaganlar

1433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar