Fotih Terim koronavirusdan tuzaldi
Sport
−
31 mart 2020
4944Avvalroq, Turkiya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fotix Terim koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.
Fotih Terim COVID-19 virusini yengib o‘tdi va shifoxonadan chiqdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram'dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
“Bu butun dunyo o‘tishi kerak bo‘lgan sinov. Men bu sinovdan ko‘p narsalarni o‘rganib chiqdim. Karantindan keyin oilam va yaqinlarimga yanada ko‘proq vaqt ajrataman.
Men davolanishning shifoxonadagi davrini tugatib, uyimga ketyapman. Barcha shifokorlarga, shifoxona xodimlariga, men haqimda tashvishlanayotganlarga, sabr-toqat va umid bilan yonimda bo‘lgan oilamga rahmat. Iltimos, imkon qadar uyda qoling va o‘zingizni himoya qiling hamda yehtiyot choralarini ko‘ring”, deya izoh qoldirdi Fotih Terim.
Ma’lumot o‘rnida, Fotih Terim murabbiylik faoliyatida “Ankaragyujyu”, “Geztepe”, Turkiya milliy terma jamoasi, “Galatasaroy”, Italiyaning “Fiorentina” va “Milan” jamoalarida foliyat olib borgan. Terim Turkiyaning 8 karra chempioni, 3 karra Turkiya kubogi sohibi, 5 karra Turkiya seperkubogi sohibi, UEFA kubogi sovrindori va YeVRO-2008 bronza medali sohibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 787 379 nafarni tashkil etyapti. 37 846 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 165 935 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi