“Forsaj 9”ning premerasi bir yil ortga surildi

Madaniyat-san’at

image
“Forsaj 9”ning ilk tizeri namoyish etildi (video) north_east

“Forsaj 9”ning ilk tizeri namoyish etildi (video)

Universal kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Forsaj” filmining to‘qqizinchi qismi namoyishi koronavirus sabab bir yil ortga surildi. Bu haqda CNBC ma’lum qilmoqda.

Dominik Toretto va uning jamoasi tarixi haqida hikoya qiluvchi ushbu kartina premerasi, dastlab, 2020 yilning may oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Endi uning katta ekranlardagi kamoyishi 2021 yilning 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

"Muxlislar filmni joriy yilning may oyida ko‘ra olmaydi. <...> Ushbu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilindi", deyiladi filmning Instagram’dagi xabarida.

CNBC’ning ma’lum qilishicha, bu COVID-19 sabab premerasi qoldirilgan Gollivudning to‘rtinchi filmi. Bundan oldin “Quyoncha Piter 2”, Jeyms Bond haqida suratga olingan yangi “O‘lish vaqti emas” va “Sokin go‘sha 2” kinokartinalarining namoyishi qoldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Forsaj

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing