“Forsaj 9”ning ilk tizeri namoyish etildi (video)

Olam

Universal Pictures kinokompaniyasi “Forsaj 9” filmining uncha katta bo‘lmagan tizerini namoyish etdi. Rolikda Vin Dizel ota bo‘lganidan so‘ng hayoti keskin o‘zgarib ketgani haqida so‘zlaydi. Mishel Rodrigez (bolaning onasi) esa o‘g‘liga “yomonliklardan himoya” ma’nosida unga kulon beradi. Qahramonlar bu safar qanday muammoga yuzma-yuz kelishadi, hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. 

Bundan tashqari, aktyor va bodibilder Martin Ford Instagram’dagi o‘z sahifasida filmda suratga tushganini rasmiy tasdiqlagan edi. Uning roli hozircha noma’lum. Bu narsaga 31 yanvar – kinokartinaning to‘liq treyleri chiqqanida bilib olish mumkin.

“Forsaj 9” premerasi joriy yilning may oyida mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, “Forsaj”ning bundan oldingi qismi 2017 yilning aprel oyida katta ekranlarga chiqqandi. Film byudjeti 250 million dollarni tashkil etgan, 1 236 005 118 dollar foyda keltirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing