Fors ko‘rfazi mamlakatlarini tarixdagi eng yomon iqtisodiy inqiroz kutmoqda – ekspertlar

Olam

image

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashining (FKHK) oltita mamlakati neft narxlari pasayishi va koronavirus pandemiyasi sharoitida tarixdagi eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechiradi. Bu haqda Xalqaro moliya instituti (The Institute of International Finance, IIF) ma’lum qilmoqda.

FKHK mamlakatlarining (Ummon, Bahrayn, Qatar, BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni) yalpi ichki mahsulotining hajmi 2020 yilda 4,4 foizga pasayishi kutilmoqda. Davlat xarajatlarini qisqartirish "neft eksporti kamayishi bilan bog‘liq yo‘qotishlarni qoplashi mumkin", deyiladi ma’lumotda. Ammo byudjetning yalpi taqchilligi bu yil YAIMga nisbatan 10,3 foizgacha o‘sishi mumkin.

Mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Saudiya Arabistoni yalpi ichki mahsuloti bu yil 4 foizga pasayishi mumkin va defitsit 13 foizga ko‘tariladi. "Qarzlar tufayli" mintaqada tobora himoyasiz davlatga aylanayotgan Ummon iqtisodi 5,3 foizga tushib ketishi, mamlakat byudjeti taqchilligi bu yil 9 foizdan 16,1 foizgacha o‘sishi mumkin.

Tahlilchilarga ko‘ra, neftning bir barreli 20 dollarga baholanganda, ko‘rfazning oltita monarxiyasining xazinasi 2027 yilda bo‘sh qoladi. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi va butun dunyo bo‘ylab ishbilarmonlik faolligining pasayishi sharoitida 2020 yilda neftga talab pasayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Fors ko'rfazi

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing