Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Jamiyat

−

image

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida shu yerda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 40 foiz mahalliy mahsulotlardan foydalangan. Ularning qiymati 200 million dollarga yaqin bo‘lgan. O‘tgan yili esa energetikadagi barcha investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetgan. 

Prezident ushbu ko‘rsatkichni 3-4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidlagan. Sanoat kooperatsiyasi agentligi va mahalliy uyushmalar investorlarga zarur mahsulotning sifati va hajmini aniqlab, uni yetkazib berishda korxonalar bilan ishlaydi. 

Hozir yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari butlovchi qismlari katta hajmda import qilinmoqda. Ularni mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. 

Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida shu yerda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Davlat rahbari investorlarni bu loyihalarda ham hamkorlikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing