“Forish” tog‘ poligonida harbiylarning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Jamiyat

image

“Forish” tog‘ poligonida harbiy qism shaxsiy tarkibining amaliy nazorat sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, markaziy harbiy okrug Jizzax gornizonidagi harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar shayligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan nazorat sinovlarining nazariy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, “Forish” tog‘ poligonida mashg‘ulotlarning amaliy qismi boshlandi.

“Mashg‘ulotlar davomida harbiy qism shaxsiy tarkibi o‘zlarining jangovar qobiliyatini namoyon etish bilan birga bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishmoqda. O‘tkazilayotgan sinov mashg‘ulortlari Mudofaa vazirligi hamda okrug qo‘mondonligining ma’sul ofitserlari tomonidan kuzatib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar o‘zlariga biriktirilgan qurollardan kunduzgi va tungi o‘q otish sinovlaridan o‘tgan. Shuningdek, harbiy texnikalar haydovchilarining mahoratlari ham kunduzgi va tungi mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov qiruvchi samolyotda havo kuchlarining harbiy tayyorgarligini tekshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing