Forbes AQSHning eng boy ayol tadbirkorlari ro‘yxatini yangiladi

Olam

image

Forbes jurnali Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 100 ta eng boy ayol tadbirkorlarning yillik ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra qo‘shiqchi, aktrisa, dizayner, prodyuser va frilantrop Rianna ro‘yxatdan 33-o‘rinni egallagan. Yil davomida u o‘z brendi ostida ishlab chiqariladigan kosmetik vositalar va ichki kiyimlar savdosi orqali 600 million dollar topgan. 

Amerikalik pop-qo‘shiqchi Madonna 550 million dollarlik daromad bilan 40-o‘rinda, asli kanadalik qo‘shiqchi Seline Dion 455 million dollar bilan 51-o‘rinni egallagan.

R’n’B yo‘nalishida qo‘shiq kuylaydigan Beyonse 420 million dollar daromadi bilan ro‘yxatning 55-o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, "Oskar" va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibasi bo‘lgan qo‘shiqchi Barbara Streyzand 400 million dollar bilan 56-o‘rinni egallagan. 

Reytingning eng yosh vakili 23 yoshli model Kayli Jenner bo‘lsa, eng yoshi katta vakili biotexnologiya bilan shug‘ullanadigan 94 yoshli Elis Shvars bo‘ldi.

Birinchi o‘rinni esa ketma-ket uchinchi yil tadbirkor ayol Diana Xendriks egalladi. U "ABC Supply" kompaniyasi asoschilaridan biri. Kompaniya tom yopish materiallari savdosi bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkor rianna madonna beyonse

Baholaganlar

416

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing