Fon der Lyayen Ukrainaning NATO va YeIga qo‘shilishi shartini aytdi
Olam
−
12 iyul 2023
7035Yevrokomissiya Ukrainaning NATO va YeIga qo‘shilishini faol qo‘llab-quvvatlaydi, biroq buning uchun Kiyev barcha shartlarni bajarishi kerak. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen NATO sammitining ikkinchi kunining birinchi yig‘ilishiga kelganida ma’lum qildi.
“Yevropa komissiyasi Ukrainaning nafaqat YeIga, balki NATOga qo‘shilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, ammo buning uchun islohotlar, demokratik institutlar yaratish, korrupsiyaga qarshi kurash kerak. Yevropa komissiyasi Ukraina bilan uning islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun faol ishlamoqda”, degan fon der Lyayen.
Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ukrainada demokratik islohotlar katta tezlik bilan ketayotganiga e’tibor qaratgan.
“Ishonchim komilki, agar Ukraina islohotlar jadalligini saqlab qolsa, u barcha zarur shartlarni bajarsa, Yevropa Ittifoqiga tezda qo‘shila oladi”, deya qo‘shimcha qilgan fon der Lyayen.
Kecha, 11 iyul kuni qabul qilingan NATO sammitining yakuniy hujjatida qayd etilishicha, Ukrainani alyansga qo‘shilish taklifi faqat Rossiya bilan mojaro tugaganidan keyin, barcha shartlar bajarilgandan keyin va NATOning barcha mamlakatlari bir ovozdan ma’qullangandan keyin berilishi mumkin. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bu sodir bo‘lmaguncha, NATO Rossiya ustidan jang maydonida g‘alaba qozonish uchun Ukrainani barcha turdagi qurollar bilan faol ta’minlashda davom etishini, aks holda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi mantiqiy bo‘lmasligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Vilnyusdagi NATO sammitining ikkinchi kunida alyans hamkorlari – Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan ishlash va Xitoyga qarshi kurashish, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15