Fon der Lyayen ikkinchi muddatga Yevrokomissiya rahbari bo‘lib qoladi
Olam
−
25 iyun
3238Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ikkinchi muddatga o‘z lavozimida qoladi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni bo‘lajak Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan Yevropa Ittifoqi rahbariyatida kadrlarni tayinlash bo‘yicha konservativ Yevropa xalq partiyasi, sotsial-demokratlar va liberallar muzokarachilari tomonidan kelishuvga erishildi.
Muzokaralarda ishtirok etayotgan oltita Yevropa davlati yetakchilari erishgan kelishuvga ko‘ra, Portugaliya hukumatining sobiq rahbari Antonio Kosta YeI Kengashining yangi rahbari lavozimida Sharl Mishel o‘rnini egallaydi. Estoniyaning amaldagi Bosh vaziri Kaya Kallas esa Josep Borrel o‘rniga Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimini egallaydi.
YeIning yuqori lavozimlariga nomzodlar 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida tasdiqlanishi kerak. Fon der Lyayenni saylash uchun unga Yevropa parlamenti ham yordam berishi kerak. Bu iyul oyi o‘rtalarida Stratsburgda bo‘lib o‘tadigan yangi tarkibning ta’sis yig‘ilishidan oldin sodir bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi