Floyd Meyvezer: “Habib va Konorga qarshi jang qilish uchun 600 million dollar so‘rayman”

Sport

image

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregorga qarshi jang qilish uchun qancha summa olishini ma’lum qildi. 

"Meni qiziqtirayotgan ikkita ism bor. Habib va Konor. Biz Makgregor va Nurmuhamedovga qarshi jang haqida muhokama qildik. Ularga qarshi jang qilishim uchun 600 million dollar so‘rayman. Agarda mening talabim qondirilsa, jang bo‘lishi kerak", deydi Meyvezer

Ma’lumot o‘rnida, Floyd Meyvezer 2017 yili 26 avgust kuni Konor Makgregorga qarshi ringga chiqqan va 12 raundlik jangning 10 raundida Meyvezer Konorni nokautga uchratib g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Boks Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezer

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing