Floridada to‘fon xavfi tufayli 5,5 mln aholi evakuatsiya qilinmoqda

Olam

image

AQSHning Florida shtati gubernatori Ron Desantis yaqinlashib kelayotgan “Milton” to‘foni sababli darhol shtat aholisini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda “The New York  Times” xabar berdi.

AQSH Federal favqulodda vaziyatlar agentligiga ko‘ra, majburiy yoki tavsiya qilingan evakuatsiya haqidagi xabarlar 5,5 milliondan ortiq kishiga yuborilgan. Bu esa Florida tarixidagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.

“Chiqmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq chiqing,” degan gubernator matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Prezident Jo Bayden shtat hokimiyati tomonidan taklif etilgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlaganini va to‘fon oqibatlariga qarshi kurashda AQSH Milliy gvardiyasining 8 mingga yaqin a’zolari jalb qilinishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, “Milton” 2005 yildan beri Meksika ko‘rfazida kuzatilgan eng kuchli to‘fon hisoblanadi. Bugun, 9 oktyabr kuni u Tampa ko‘rfaziga yetib kelishi kutilmoqda, bu hududda 3,3 milliondan ortiq aholi yashaydi. To‘fonning aniq qayerga urilishi sinoptiklar tomonidan hali aniqlanmagan. Kecha, 8 oktyabr kuni “Milton” AQSH Milliy to‘fonlarni kuzatish markazi (NHC) tomonidan beshinchi shkaladagi to‘fonga aylangani tasdiqlangan. NHC ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon soatiga 14,5 km tezlikda harakatlanib, shamol tezligi soatiga 287 kilometrgacha yetmoqda. Florida tomon to‘fon yaqinlashishi fonida 1,5 mingdan ortiq aviaqatnovlar bekor qilingan. “Milton” haqidagi ogohlantirishlar shtatda 277 kishining hayotiga zomin bo‘lgan “Helen” to‘fonidan bir hafta o‘tib e’lon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden shtatning to‘fonga tayyorgarligini shaxsan nazorat qilish uchun Germaniya va Angola safarlarini qoldirgan edi. Shundan so‘ng, Davlat kotibi Entoni Blinken ham ushbu mamlakatlarga tashriflarini bekor qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Florida “Milton”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made