Florentino Peres PSJni “uxlatmoqchi”

Sport

image

Fransiyaning PSJ futbol klubi 200 million yevroga baholayotgan hujumchi Kilian Mbappeni Madridning “Real” klubi rahbariyati tekinga olib kelish niyatida. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe uchun katta qiziqish bildirayotgan “Real Madrid” klubi endilikda futbolchining transferini keyingi yil yozda amalga oshirmoqchi.

“Qirollik klubi” hujumchining erkin agentga aylanishi va Madridga hech qanday mablag‘ sarflamasdan olib kelinishi haqida bosh qotirmoqda. Bu reja ish beradigan bo‘lsa, PSJ “Real”dan kutib turgan 200 million yevro “qaymoq ranglilar” cho‘ntagida qoladi.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 yilgi mavsumda Kilian PSJ safida Fransiya chempionatida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” tomonidan futbolchining transfer qiymati 180, klub rahbariyati esa 200 million yevroga baholangan.

Esalatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning PSJ klubi Ispaniyaning “Real” klubi bilan Kilian Mbappe transferi bo‘yicha muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing