FXX tadbirkorni davlatga xiyonatda ayblamoqda
Olam
−
04 iyul 2023
8302Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Rossiya fuqarosi A.V. Nauxatskiyni davlatga xiyonat qilish ishi bo‘yicha qo‘lga oldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib TASS ma’lum qildi.
“A.V.Nauxatskiy davlatga xiyonat qilishda ayblanib hibsga olingan bo‘lsa, hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
Lefortovo sudiga FXX tergovchilaridan A.Nauxatskiyga nisbatan hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risidagi iltimosnoma kelib tushgan.
“U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275-moddasi (davlatga xiyonat) bo‘yicha gumon qilinmoqda”, deyiladi sudda.
Federal Soliq xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Andrey Viktorovich Naukhatskiy 2020 yil martigacha yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lib, u Qrimning Chernomorskiy tumani, Mejvodnoye qishlog‘ida ro‘yxatga olingan. U xususiy detektiv bo‘lgan.
Agar gumondor aybdor deb topilsa, unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
LiveBarchasi