Fitnachilar ta’siriga tushib qolgan 1,5 ming kishiga amnistiya beriladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputatlari joriy yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan namoyishlar qattnashchilariga “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi.  

Qonun loyihasi joriy yil 4 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgan davrda ommaviy tartibsizliklar sharoitida fitnachilar ta’siriga tushib qolgan va jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan ozod etishga qaratilgan. 

Amnistiya yanvarb voqealari vaqtida fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berishda jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilarga ham tegishli. 

Jinoiy huquqbuzarliklar, kichik va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar sodir etgan ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishlarini to‘xtatish, ularda aybdor deb topilgan shaxslarni jazodan ozod qilish, jazoni o‘tagan shaxslardan esa sudlanganlikni olib tashlash taklif etilmoqda. 

Og‘ir jinoyatlar uchun – sud tomonidan tayinlangan muddatning to‘rtdan uch qismi, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun – yarmi qisqartiriladi. 

Shu bilan birga, agar qonun kuchga kirgan kunga qadar mahkumning jazoni o‘tashiga bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolsa, asosiy jazo muddati o‘talmagan butun muddatga qisqartiriladi. Terrorchilik, ekstremistik, korrupsiya jinoyatlarini sodir etgan, davlatga xiyonat qilgan, ommaviy tartibsizliklar uyushtirgan shaxslar amnistiyaga tortilmaydi, voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu jinoyat sodir etilgan, qiynoqlar, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar bundan mustasno. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,5 mingga yaqin kishi amnistiyaga tortilgan. 

Shu kunga qadar yanvar voqealari bo‘yicha sudlangan 1112 nafardan faqat 128 nafari ozodlikdan mahrum etilgan. 

Qonun qabul qilinganidan keyin 40 dan ortiq mahkum, keyingi olti oy ichida 50 ga yaqin mahkum ozod etiladi. 

Jinoiy huquqbuzarliklar, kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlarni sodir etgan 171 nafar shaxs jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etiladi. 

Shu bilan birga, mahkumlarga nisbatan amnistiyani qo‘llash to‘g‘risidagi yakuniy qaror sud tomonidan har bir shaxs uchun alohida qabul qilinadi. 

Og‘ir jinoyat sodir etgan (tergov va sudlarda ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha) 363 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlashda amnistiya qo‘llaniladi. 

Qozog‘istondagi namoyish

Qozog‘istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.  

5 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXSHTdan yordam so‘raganini aytdi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.

7 yanvar kuni To‘qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini ta’kidladi. 

13 yanvar kuni KXSHT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qonli yanvar' Amnistiya

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing